#ilmiy_tadqiqotlarimiz_vazirlik_nigohida
Respublikamizda tabiiy resurslarni tejash va muqobil energiya manbaalaridan keng foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu nuqtai nazardan oliygohimiz olimlari muqobil energiya manbaalaridan foydalanish bo’yicha yangi, innovatsion usullarni qo’llashmoqda.
Sh.J.Imomov rahbarligida shu kabi ishlar doimiy tarzda amalga oshirilmoqda. Qora mol chiqindisidan biogaz va biogumus olish bo’yicha Sh.J.Imomov rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan yosh olim O.Yuliyev joriy yil 12-mart sanasida Qarshi davlat texnika universitetida bo’lib, olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini ham Qashqadaryo viloyatida keng joriy qilish maqsadida vazir o’rinbosari O.Mahkamov va universitet rahbaryatiga taqdimot qildi.
Jarayonda tadqiqot ishlari qo’llab-quvvatlandi va kerakli ko’rsatmalar berildi.