Buxoro

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi

Joriy yilning 30 iyun kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tasdiqlangan grafik hamda karantin talablari asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qildi.

Qabulda, 15 dan ortiq turli masalalardagi, jumladan, 8 ta kadrlar bilan ishlash, 3 ta tergov va surishtiruv, 3 ta huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda boshqa sohalarga taalluqli murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Murojaatlar yuzasidan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olindi va sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar bergan holda ijrosi alohida nazoratga olindi.

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button