Buxoroda o‘tgan 5 yil davomida savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining tovar oboroti 3,2 baravarga oshdi
Ayni paytda Buxoro viloyatida 17 000 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari mavjud. E’tiborlisi, ularning barchasida “Onlayn” nazorat kassa mashinalari o‘rnatilgan. Bu o‘z-o‘zidan ushbu korxonalarning shaffof va ochiq faoliyat ko‘rsatayotganini anglatadi.
Qayd etish kerak, Buxoroda o‘tgan 5 yil davomida aynan ana shu savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining tovar oboroti 3,2 baravarga oshgan.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5813-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha aholi bilan naqd pulda hisob kitob qiluvchi savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining barchasida onlayn NKM o‘rnatildi.
Natijada mazkur soha bo‘yicha tovar oborot o‘tgan 5 yil davomida 3,2 baravarga oshib, byudjetga qo‘shimcha ravishda 284,0 mlrd. so‘mdan ortiq tushum ta’minlandi.
Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.