BuxoroSud

O‘QIB UQMAGANNI HAYOT SINAYDI

2022 yil mart oyining 16 kunida Jinoyatishlari bo‘yicha Kogon tuman sudi binosidaochiq sud majlisida, sudlanuvchi Bo‘riyevQahramonga (ism-sharifi o‘zgartirilgan) oidjinoyat ishi  ko‘rib chiqildi.

Bo‘riyev Qahramon 1996 yilda Kogontumanida tug‘ilgan, millati- o‘zbek, RF MoskvaDavlat universiteti 3- kurs talabasi, oilali, 1 nafar farzandi bor.Muqaddam sudlanmagan.O‘z. Res JK 112-moddasining 
1-qismi bilan ayblangan.

U 2021 yil 26 dekabr kuni kech soat 19.30 larda o‘zi yashab kelayotgan uyi oldidano‘tuvchi yo‘lda fuqaro Chori G‘iyosov va uningamakisi Said Jabborov (ism-shariflario‘zgartirilgan) lar bilan o‘rtalarida o‘zarokelishmovchilik oqibatida  janjallashib qolib, u qo‘lidagi o‘tkir tig‘li pichoq bilan ularningorqasidan quvib, ularni o‘ldirish bilan qo‘rqitishjinoyatini sodir etgan.

Qahramon Bo‘riyev sudda qilmishidanpushaymonda ekanligini aytib, jabrlanuvchilardan uzr so‘radi, jabrlanuvchilaruni kechirganligini va unga nisbatan da’volariyo‘qligini bayon qilib, qonuniy yengillikberilishini so‘rashdi.

Sud unga nisbatan O‘zbekiston RespublikasiJinoyat Kodeksining 112- moddasining 1-qismi bilan jarima jazosini tayinladi, tayinlanganjarimani davlatga undirilishi inobatgaolinib,unga nisbatan bazaviy hisoblashmiqdorining 10 (o‘n) baravari miqdorida2.700.000 (ikki million yetti yuz ming) so‘mjarima jazosini tayinladi.

Ha, bejizga aytishmagan ekan:” Insono‘qisayu, o‘qiganini uqmasa undan nafbo‘lmaydi”-deb.Sizlarga aytar gapimiz shu:

Qonun qonunbuzilishini kechirmaydi. Qonunbuzuvchilarga esa jazo muqarrar!

QOSIM XOLOV

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon tuman sudiraisi.

Mavzuga oid

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button