IIB

Osoyishtalik barqarorligi taʼminlanmoqda

Kechki xizmat oldi yoʼriqnomadan soʼng biriktirilgan hududlarda piyoda va avtopatrulda xizmatga chiqqan toʼrt yuz elikka yaqin post va patrullik yoʼnalishda xizmat olib borgan guruhlarda ichki ishlar organlari xodimlari, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari hamda mahalla jamoatchilik vakillari, boshqarma patrulь post xizmati batalьoni, profilaktika, yoʼl-patrulь va kinologiya xizmati xodimlari belgilangan yoʼnalishlar boʼyicha xizmatga kirishdilar.
Viloyat markazi – Qarshi shahrining aholi gavjum boʼladigan yirik supermarketlar, koʼp qavatli uylar, choyxona, kafe bar, restoran va tungi klublar, atrofida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xotirjamligi, yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash borasida shahar-tuman navbatchilik qismlari bilan aloqa bogʼlagan holda xizmat olib borishdi.
Tungi avtopatrulь va piyoda patrul yoʼnalishlarida xizmat olib borgan ichki ishlar organlari xodimlari shahar aholisining osoyishtaligini taʼminlash maqsadida zarurrat tufayli uydan chiqqan fuqarolarning yumushlarini bartaraf etish, amaliy yordam berish va karantin qoidalariga amal qilmay yurgan fuqarolar ogohlantirilib, tibbiy niqoblar tarqatildi.

Mavzuga oid

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button