Buxoro

Aholini ro’yxatga olish nima uchun muhim?

Ro’yxatga olishning an’anaviy ta’rifi uning asosiy tamoyillari, ro’yxatga olishning shaxsiyligi, bir vaqtdaliligi, ko’p tomonlamaligi va belgilangan davriyligiga asoslanadi. Biroq so’nggi 20 yil ichida EIK mintaqasida ro’yxatga olish konsepsiyasiga yanada kengroq yondashishni nazarda tutadigan yangi usullar ishlab chiqildi. Ba’zi mamlakatlarda barcha shaxslar o’rtasida so’rov o’tkazishga asoslangan an’anaviy usul ma’muriy registr ma’lumotlaridan foydalanish usuliga o’z o’rnini bo’shatib bermoqda. Shuningdek, shaxslar va ularning xususiyatlarini ommaviy ro’yxatga olishdan tashqari, aholi va eng kichik hududiy birliklar bo’yicha muhim ma’lumotlarni tez-tez olib turish mumkin. Shu sababli hozirgi vaqtda EIK mintaqasi mamlakatlari uchun aholi va uy-joy fondini ro’yxatga olish umumiy ta’rifi ishlatilgan metodologiyaga qaraganda, olingan materiallarga ko’proq tayaniladi.
Aholini ro’yxatga olish muntazam vaqt oralig’ida mamlakat hududida va uning eng kichik geografik birliklarida yashovchi aholining rasmiy hisobini, shuningdek, butun aholining bir qator ijtimoiy va demografik xususiyatlarini aniqlash bo’yicha ma’lumot olishni amalga oshirishga imkon beruvchi tadbirdir. Mazkur tadbir ma’lumotlarni to’plash, shaxslar haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlash va umumlashtirish, shuningdek, demografik, ijtimoiy ma’lumotlarni tahlil qilish va baholash, tarqatish, aniqligiga baho berish jarayonlarini o’z ichiga oladi.
Mazkur jarayon, eng birinchi navbatda, ijtimoiy muammolarni tizimli hal qilish bo’yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqishga imkon berishi bilan ahamiyatlidir.

Mavzuga oid

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button