BuxoroJinoyat

Buxoroda firibgarlikka qoʻl urgan shifokor jinoyat ustida qoʻlga olindi.

“Xavfsiz hudud” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari doirasida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, RSHTYOIM Buxoro filiali shifokori oʻzga bir fuqaroni aldab, ishonchini suiisteʼmol qilib, uni vakolatli tanishlari orqali RSHTYOIM Buxoro filialiga hamshiralik ishiga kiritish evaziga 1000 AQSH dollari pora berishga dalolat qilib, ushbu muassasa hududida fuqarodan kimyoviy ishlov berilgan 1000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button