Buxoro

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan joriy yilning oʼtgan davrida viloyatda 836 ta holatda 131,1 gektar yer maydoni oʼzboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi.

Tahlilga koʼra, 434 ta holatda 89,6 gektar qishloq xoʼjaligi, 402 holatda 41,5 gektar yer maydoni noqishloq xoʼjaligi yerlaridir.

Mazkur noqonuniy egallangan yer maydonlari 400 ta holatda 41,5 gektari uy-joy qurish, 164 ta holatda 8,9 gektari noturar joy qurish uchun, 169 ta holatda 27,8 gektari tomorqa sifatida foydalanish uchun, 19 ta holatda 6,6 gektari baliq hovuz uchun, 84ta holatda 46,0 gektari boshqa maqsadlarda egallab olingan.

Mavzuga oid

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button