Jinoyat

Peshku tumanida ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘g‘irlik qilgan shaxs qo‘lga olindi.

Joriy yilning 2 sentyabr kunidan 8 sentyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs, Peshku tumani Navgaxon mahallasida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan R.O. ga tegishli bo‘lgan “Sanoatqurilish” banki tomonidan berilgan plastik kartadan, jami 11.378.650 so‘m pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilgan.

Holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchining mahalladoshi 2000 yilda tug‘ilgan I.J. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu shaxsning boshqa shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button