Jinoyat

Peshku tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yana bir korrupsion jinoyat fosh etildi.

G‘ijduvon tumani huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Peshku tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi metodisti vazifasida ishlab kelayotgan, shu tumanning O‘zbek mahallasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan I.T. ismli shaxs o‘zga bir fuqaroning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali uning turmush o‘rtog‘ini malaka toifasini oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikat olib berishni vaʼda qilib,  evaziga undan 300 AQSH dollari miqdorida pul talab qilib, kimyoviy ishlov berilgan ushbu pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan I.T. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button