Jinoyat

“QORADORI-2021” tezkor profilaktik tadbiri.

Ichki ishlar, Bojxona hamda DXX Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro tumani Bog‘idasht mahallasida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan N.Sh. ismli shaxs, yashash uyining yerto‘lasida polietilen qopga o‘ralgan “ADIDAS” yozuvli sport sumkasi (ryukzak) ichida ko‘k rangli polietilen paketga solingan viloyat IIB EKB ning sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra vazni 303,87 gramm hamda ushbu sport sumkasining cho‘ntagida 96 dona “Spichki” yozuvli gugurt qutilariga joylangan vazni 357,35 gramm, umumiy vazni 661,22 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi “MARIXUANA” giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan N.Sh. ga nisbatan JK.ning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button