Jinoyat

Qoradori – 2021 tezkor profilaktik tadbiri

Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida, olingan tezkor ma’lumot asosida Buxoro shahar IIO FMB hamda viloyat IIB PPX va JTSB PPX bataloni xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahar A.Temur ko‘chasi 14-uyning xonadonlaridan birida shubhali shaxslar borligi aniqlanib, xonadon xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda oshxonadagi chelakdan yelim idish ichiga solingan Buxoro shahar Tinchlik ko‘chasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan Z.Sh. ga tegishli, sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra sof vazni 6,95 grammga teng bo‘lgan “MARIXUANA” giyohvandlik moddasi qonunga xilof ravishda saqlab kelinayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Z.Sh. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button