Jinoyat

“Nol qiymatda” ko‘chmas mulkni qo‘lga kiritishni  orzu qilgan shaxs firibgar domiga ilindi.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, Jizzax viloyati Baxmal tumani Kimyogar mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan I.J., Buxoro tumani Yangi turmush mahallasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan X.S. ning ishonchiga kirib, Buxoro shahrida joylashgan “Sitorai Moxi-xosa” sihatgohi binosini “nol qiymatda” olib berishni vaʼda qilib, 2020 yilning mart-aprel oylarida jami 100 million so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan I.J. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button