Buxoroda “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlik sub’ektlariga yaqindan ko‘maklashilmoqda
Buxoroda davlat soliq xizmati xodimlari “Soliqchi-ko‘makchi” dasturi doirasida tadbirkorlarning ishonchli hamkori sifatida faoliyat yuritib kelmoqdalar. Kogon tumanidagi “KOGON MEGA JASMIN” tikuv fabrikasiga ham tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan ishchi sonini ko‘paytirishda hamda dastlabgi bugalteriya hisobotlarini yuritishda amaliy ko‘mak berdilar. Tikuv fabrikasi korxona va tashkilotlar uchun maxsus kiyim-boshlarni buyurtma asosida tikib kelmoqdalar. Ayni paytda tikuvchilik korxonasida 20 nafardan ortiq xotin-qizlar doimiy ravishda ishlab kelmoqdalar.
Raqamlarga tayanib aytadigan bo‘lsak, Kogon tumanida joriy yilning avgust oyida jami 242 ta korxonaning muammolari o‘rganildi. Shundan 181 ta korxona ko‘maklashish zarur bo‘lganlar toifasiga kiritildi. 3 ta korxonaga imtiyozli kreditlar ajratilishida hamda 1 ta korxonaga yer va bino olish bo‘yicha muammolari mavjudligi aniqlanib, ularga amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Shuningdek, moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan 10 ta korxonaga davlat soliq xizmati xodimlari aralashuvi bilan faoliyatlari qayta tiklanishiga erishildi.
Ayni paytda Kogon tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan hududdagi tadbirkorlik sub’ektlari muammolari o‘rganilib, ularga ijobiy yechim topilishida yaqindan ko‘makchi sifatida faoliyat yuritib kelmoqdalar.
Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.