Buxoro
“Qidiruv” tezkor profilaktik tadbiri. Shofirkon tumani.
Shofirkon tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qidiruv” tezkor profilaktik tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, sud-tergov organlaridan yashirinib yurganligi uchun qidiruv eʼlon qilingan tumanning Shodlik mahallasida ro‘yxatda turuvchi, 1985 yilda tug‘ilgan K.A. Toshkent viloyatining chekka hududlaridan birida qo‘lga olinib, Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.