IIB

Bugun viloyatning barcha taʼlim muassasalarida “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirlari oʻtkazildi.

Buxoro shahridagi 6-umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻtkazilgan tadbirda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev qatnashib, maktab oʻquvchilarini yangi oʻquv yili boshlanganligi munosabati bilan muborakbod etdi.

Shuningdek, maktabning birinchi sinf oʻquvchilariga Prezident sovgʻalarini topshirdi.

Buxoro harbiy gornizoni orkestri va Ichki ishlar boshqarmasi Maxsus otryadi xodimlarining chiqishlari tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishlab, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button