BuxoroIIB

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Shuxrat Aliyevning navbatdagi sayyor qabuli Gʻijduvon tumanida oʻtkazildi

Xabar berganimizdek, bugun Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Shuxrat Aliyevning rejada belgilangan navbatdagi sayyor qabuli Gʻijduvon tumani Guliston mahallasida tashkil etildi.

Unda tuman hokimi hamda viloyat 3-sektor ishchi guruhi, qator mutasaddi rahbarlar va mas’ullar ishtirok etib, 200 nafarga yaqin tuman aholisining murojaatlari yaqindan oʻrganildi.
Bunda, aholining oylar davomida turli davlat idoralariga yoʻllagan, biroq haligacha oʻz ijobiy yechimini topmagan yoki birgina huquqiy maslahat berish orqali hal etilgan murojaatlari qayta taftishdan oʻtkazilib, mas’ullar ishtirokida birma-bir koʻrib chiqildi.

Mazkur murojaatlarning 100 dan ortigʻi shu kunning oʻzida oʻz yechimini topgan boʻlsa, elikka yaqin murojaatlar qoʻshimcha oʻrganish uchun tegishli davlat idoralariga yoʻnaltirilib, murojaatlar yechimi yuzasidan tizimli chora-tadbirlar belgilangan holda Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi hamda viloyat 3-sektor ishchi guruhining alohida nazoratiga olindi.

Jumladan, “Ayollar daftari”ning 2-bosqichiga roʻyxatga kiritilgan 20 nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, oʻz hunari ortidan doimiy daromadga ega boʻlishi uchun tikuv mashinalari berildi.
Xususan, 40 nafar boquvchisini yoʻqotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga bir martalik besh yuz ming soʻm miqdordagi moddiy yordam koʻrsatildi.
“Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan 20 nafar yoshlarga haydovchilik guvohnomalari olishlari uchun maxsus sertifikatlar topshirildi.
Qolaversa, 2 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ayolning yashash uyi ta’mirida foydalaniladigan 5 million soʻmlik qurilish mollari sertifikati ham berildi.
Aholi bilan bunday ochiq muloqotlar natijasida, hududlarda aniqlangan ijtimoiy masalalarning aksariyati joyida bartaraf etilib, ijtimoiy muammolar oʻz yechimini topmoqda.

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button