Fuqaroni ijtimoiy tarmoqlarda sharmanda qilish bilan qo‘rqitib pul undirgan ayol ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBBning Yashnobod tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G. (ayol) fuqaro B. bilan birga ishqiy munosabatda bo‘lgan foto va video tasvirlarni internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqatish bilan qo‘rqitib, evaziga talab qilgan 85 mln so‘mdan 10 mln so‘mni o‘ziga tegishli bo‘lgan plastik kartaga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari, G. joriy yilning mart oyidan shu kunga qadar B.ni o‘zi tomonidan tasvirga olingan foto va video tasvirlarni tarqatish bilan qo‘rqitib, uning 200 mln so‘mdan ortiq pulini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.