IIB

Jondorda tovlamachi qiz qo‘lga olindi.

Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, tezkor xodimlar tomonidan olingan xabar asosida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Romitan tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan qiz, o‘zga bir fuqaro bilan o‘rtalaridagi ishqiy munosabatlarni uning oila a’zolariga oshkor qilish bilan qo‘rqitib, Jondor tumani Qozikent mahallasida joylashgan “Ziyo” kafesida undan 330.000 so‘m pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tovlamachi qizga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

@tezkor_uz_yangiliklar

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button