IIB

MEHRIBONLIK UYI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Buxoro viloyatiga xizmat safari bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik Bekmurod Abdullayev IIV otalig‘iga berilgan Buxoro shahridagi 32-Mehribonlik uyi faoliyati bilan tanishdi. U muassasada taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, moddiy va maʼnaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, muassasa tarbiyalanuvchilarining taʼlim olishi, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yashash sharoiti hamda ish bilan taʼminlash borasidagi mavjud muammolarni o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan qator masalalar yuzasidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar to‘g‘risida masʼullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi. Shuningdek, topshiriqlar ijrosini alohida nazoratga oldi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button