“Qoradori-2021” tezkor profilaktik tadbiri. Olot tumani.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Olot tumanida o‘tkazilgan “Qoradori-2021” tezkor profilaktik tadbiri davomida, olingan tezkor maʼlumot asosida tumanning Xalifa mahallasida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan J.A. ning yashash uyida kechiktirib bo‘lmas tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilganida, xonadonning yotoqxonasi poli ostida oq rangli matodan tikilgan xalta ichida va oshxonasida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert kriminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra sof vazni 117.96 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi “MARIXUANA” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan J.A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.