Buxoro
TABARRUKLAR ZAMINIDA G‘IJDUVON OQSHOMI”
Ma’lumki, Gʻijduvon qadim-qadimdan san’atu-madaniyat, ilmu-ma’rifat, hunarmandchilik, dinu-diyonat markazlaridan biri sifatida jahonga mashhurdir.
Mana shunday tabbarruklar zaminida joriy yilning oktyabr oyidan boshlab ilk marotaba har oyning birinchi shanba kuni Gʻijduvon markazida “Gʻijduvon oqshomi” festivali boʻlib oʻtadi. Festivalda 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan iqtidorli, qobiliyatli, ijodkorlar qatnashadi.
- San’at yoʻnalishida
-Rassomlar;
-raqqos va raqqosalar,
-yosh teatrchilar;
-shoir va shoiralar;
-suxandon va boshlovchilar;
-haykaltaroshlar
2. Ijodkorlar yoʻnalishi:
-yogʻoch oʻymakorligi;
-qandakorlik;
-doʻppidoʻzlar;
-zardoʻzlar;
-toʻqish,
-gilamdoʻzlik;
-qoʻl mehnati ijodkorlari;
-patdoʻzlar;
-Karving;
– yosh qandolatchilar
3. Sport yoʻnalishi:
-yengil atletika;
-stol tennisi;
-kurash;
-badiiy gimnastika;
-karate,
-milliy sport turlari; - Texnik ijodkorlar yoʻnalishi:
-raketamodelchilar;
-aviamodelchilar;
-yosh texniklar;
-robotatexniklar;
Bundan tashqari “Gʻijduvon oqshomi” festivalida konsert dasturi, badiiy chiqishlar, Gʻijduvon hunarmandlarining koʻrgazmalar yarmarkasi, yosh fermerlar va yosh tadbirkorlarning faoliyat yarmarkalari tashkil etiladi. Tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi boʻsh ish oʻrinlari (vakant) bilan ishtirok etadi. Ijodkor yoshlar oʻz ijod koʻrgazmalarini sotuvga qoʻyadi.
Festival gʻoliblari Tuman hokimining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi. Manzil: Gʻijduvon tuman hokimligining yon tarafi, 10-son musiqa va san’at maktabi roʻparasidagi “Alleya” maydoni