IIB
Tezkor qidiruv tadbiri. Buxoro shahri.
Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “qidiruv” tezkor profilaktik tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, sud organlaridan yashirinib yurganligi uchun, Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan 2021 yil 25 avgust kunidan beri qidiruv eʼlon qilingan, Buxoro shahar Mustaqillik ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi, 1991 yilda tug‘ilgan A.A. ismli shaxs Buxoro shahar hududida qo‘lga olinib, viloyat IIB PPX va JTSB Vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.