Prezident tashabbusi amalda – “Yashilmakon, yashil loyiha dasturi”.
BRTBI rektoritexnika fanlari doktori,
prof.SH.Imomov
Bundan nari borsa, sakkiz-to’qqiz yil oldingiholatni yaxshi eslayman: o’shanda bozor vado’konlarda meva-chevalar, sabzavot hamda polizmahsulotlari narxi keskin ko’tarilgandi va ularning turisanoqli edi. Nafaqat chetdan keltiriladigan turli sitrusmevalar, hatto o’z tuprog’imizda yetishtiriladigan birqancha ne’matlar ham qimmatlashib, aholi uchunma’lum qiyinchiliklar tug’dirgandi.
Jumladan, olmaning bir kilosi o’sha paytda 30 mingso’mdan oshib ketgandi. Aholining o’rik, shaftoli, uzum, piyoz, pomidor, bulg’or qalampiri va shu turgariko’plab mahsulotlarga bo’lgan doimiy hamdamavsumiy ehtiyojlarini qondirish masalalarida ham muayyan qiyinchiliklar kuzatilgan edi. Boshqachaaytganda, mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizliginito’la ta’minlash, meva-cheva va sabzavot yetishtirishko’lamini keskin oshirish orqali mahsulotlar tannarxinitushirish, shu orqali xalqimizning xarid qobiliyatiniyaxshilash vazifalari ham kun tartibida turgandi.
Hozir yaqin o’tmishimizdagi men eslagan shuvoqelik ko’pchilikning yodida bo’lmasligi mumkin.Negaki bugun har kunimiz, har soat va har lahzamizshiddat bilan o’tib boryapti. Har bir fursatimizo’zgarishlarga, yangilanishlarga to’la. Bunday intensivjarayonda kechagi kechmishimiz, ortda qolganqiyinchiliklarimiz ko’pchilikning xotiridan ko’tarilishitabiiy. Ammo o’zim shu farovon, dorilomon kunlargaqanday yetganimiz, Prezidentimiz boshchiligidaxalqimiz, hukumatimiz, mutasaddilarimizmuammolarni qanday qilib birgalikda bartaraf etganihaqida bot-bot o’ylayman. O’zimcha ko’p narsanitosh-u taroziga solaman, qiyoslayman, tahlil etaman.
O’sha mas’uliyatli pallalarda davlatimiz rahbaritomonidan strategik va amaliy chora-tadbirlar ko’rildi. Xususan, Prezidentimiz raisligida 2021-yil 2-noyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bu boradaustuvor vazifalar belgilangani kechagidek yodimizda.Tarixiy ahamiyatga molik o’sha yig’ilish hamda undaberilgan topshiriqlar mamlakatimiz bo’ylab “Yashilmakon” umummilliy loyihasi quloch yozishidapoydevor bo’ldi. Qolaversa, o’sha yilning 15-dekabrida prezidentimizning “Meva-sabzavotchilik sohasinidavlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klasterva kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori kuchga kirdi. Ushbusa’y-harakatlar tez fursatda natija bera boshladi.Yuzlab gektar maydonlarda tabiiy iqlimimizga mosmevali va manzarali daraxtlar qad rostladi. Yangi bog’-rog’lar yurtimiz ko’rkiga ko’rk qo’sha boshladi. O‘tganvaqt ichida “Yashil makon” umummilliy loyihasidoirasida yirik “yashil bog‘lar”, “yashil jamoatparklari”, katta shaharlari atrofida “yashil belbog‘larbarpo etildi.
Bog’dorchilik, seleksiya, meva-sabzavotchilik, agrotexnika va boshqa sohalarning ilg’ormutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar, jabhamutasaddilari, o’z navbatida, butun elimizninguyushqoqligi, tashabbuslari, izlanishlari, mehnatievaziga to’kin-sochinlik, narxlar holati, oziq-ovqatxavfsizligi borasida kutilgan barqarorlikka erishildi.
Albatta, ushbu umummamlakat miqyosidagijarayondagi muvaffaqiyatlarda biz, qishloq xo’jaligimutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilarning ozmi-ko’pmihissamiz qo’shilgani faxr-iftixor, g’urur bag’ishlaydi.Tabiiyki, shu yurtga, shu jamiyatga daxldorlik hissibizga yana va yana kuch-g’ayrat, ilhom, zamonaviyatama bilan aytganda, motivatsiya beradi.
Yana bir gap. “Besh qo’l barobar emas” deydi donoxalqimiz. Bor imkoniyatlardan foydalanmay, ayrimjuz’y, o’tkinchi kamchiliklarni ro’kach qilib, bugungireal voqelikka o’z qarichi bilan yuzaki, noxolis bahoberayotganlar ham yo’q emas. Ijtimoiy hayotdagi ba’zikemtikliklarga huda-behuda urg’u berib, “falon narsaqimmat, falon narsa tanqis” deya mavjud shart-sharoitlardan, ilgari hatto tasavvur ham qilinmagan, endilikda qo’lga kiritilgan zalvorli yutuqlardan ko’zyumish insofdan emas, albatta.
Eslaysizmi, bundan atigi to’qqiz-o’n yillar avvalozgina naqd pul olish uchun ham banklarda navbatkutganimiz? Bu hol ayniqsa, chekka hududlardayashovchilar uchun qancha nuqulayliklar tug’dirardi.Yoki qishloq va shaharlarimizdagi yo’llar yaqin-yaqingacha qay ahvolda edi?! Ijtimoiy obyektlarholati-chi?! Turar-joy, hududlar infratuzilmasi, bandlik, sifatli mahsulot yetishtirish, bozorlardagi narxlar, qolaversa, tabiiy muhit barqarorligi masalalari… Bularni har qancha sanayverish mumkin. Xo’sh, shularbo’yicha ilgari vaziyat qanday edi?! Shularni – judayaqin o’tmishimizni eslaylik va uni hozirgi kunimiz – Prezidentimiz rahnamoligida barpo etilayotgan YangiO’zbekiston voqeligi bilan har tomonlama, xolisqiyoslaylik. Ana shunda bor haqiqat ko’z oldimizdanamoyon bo’ladi.
Shaxsan o’zim hayotim mazmunini aynan shundako’raman: yaqinlarimizga, atrofimizdagi kishilarga,yurtdoshlarimizga, elimizga, jamiyatimizga baholiqudrat naf keltirish. Vatan uchun, xalq uchunmehnatda, izlanishda, sa’y-harakatda bo’lgan har birtinch, osuda, barakali kunimiz uchun Yaratgangashukrona keltirish. Baxtimizni, o’zimiz va kelajagimizegalarining saodatini yaratish. Zero, buyuk ijodkor, mutafakkir, hazrat Alisher Navoiy quyidagi hikmatnibejizga ta’kidlamaganlar:
Naf’ing agar xalqqa beshakdurur,
Bilki, bu naf‘ o’zungga ko’prikdurur.
Mening nazarimda, shunday ulug’ zotlarning vorisio’laroq biz, katta avlod vakillari ertamiz egalaribo’lmish yoshlarni, shogirdlarimizni aynan elga, yurtga, kelajakka nafli shaxslar sifatida kamoltoptirimiz, bor kuch, bilim hamda tajribamizni, zarurbulganda hayotimizni shu yo’lda fido etmog’imizdarkor. Ana shunda muhtaram prezidentimiz g’oyaviyyo’nalishini, belgilab bergan Uchinchi Renessans sari mustahkam qadam qo’ygan bo’lamiz.