Yoshlar ishlari agetligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i tomonidan matbuot anjumani o’tkazildi.
Yoshlar ishlari agetligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i tomonidan joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Matbuot anjumanida jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.
Yoshlar bilan ishlashda ishlarimizni yanada tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan bir qator vazifalarni belgilab olganmiz.Bugungi kunda, viloyat aholisining 1 035 535 nafari yoki 53 foizini yoshlar tashkil etmoqda.Joriy yil boshidan viloyatda haftaning har seshanba kunini yoshlar bandligi, juma kunini esa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish kuni etib belgiladik. 544 ta mahalla fuqarolar yig‘inida xatlov o‘tkazilib, 344 ming 506 nafar yoshlar o‘rganib chiqildi.Xatlov natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalardan kelib chiqib 13 ta tuman (shahar) bo‘yicha alohida Yoshlar dasturi tasdiqlanib, ijroga qaratildi.Yoshlar dasturlari jami 1017 ta banddan iborat bo‘lib, dasturlar ijrosi uchun respublika budjetidan 168,5 milliard so‘m, mahalliy budjetdan 35,1 milliard so‘m, boshqa manbalar hisobidan 208,1 milliard so‘m (jami 411,6 milliard so‘m) mablag‘ ajratilishi hamda 805 062 nafar (78 foiz) yoshlar qamrab olinishi belgilandi.Yanvar-sentabr oylari davomida jami 57 722 nafar ishsiz yoshlar bandligi ta’minlandi. Jumladan:21 858 nafari ishga joylashtirildi; 2 375 nafariga subsidiya ajratildi;1 176 nafariga mehnat migratsiyasi orqali ish bilan ta’minlandi;12064 nafariga 312mlrd 803 mln.so‘m imtiyozli kredit ajratildi; 20 585 nafariga 5 801 gektar yer maydonlari ajratildi; Bundan tashqari 8 947 nafar yoshlar kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitilib, sertifikat berildi; 15 145 nafari “1+1” dasturi doirasida tadbirkor va hunarmandlarga biriktirildi.Buxoro viloyatida yil boshidagi xatlov va o‘rganishlar natijasida “Yoshlar daftari”ga 23 ming 249 nafar yoshlar kiritildi.Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2021 yil 20 oktyabr holatida, 22 ming 061 nafar (94,9 foiz) yoshlar daftardan chiqarildi. Hozirda viloyat bo‘yicha 1 ming 188 nafar (5.1 foiz) yoshlar daftarda qolmoqda.Har kuni yoshlar daftariga kirish uchn o‘rtacha 30 nafardan 50 nafatgacha yoshlarimiz ariza topshiradilar Bugungi kunga qadar, “Yoshlar daftari”ga kirish uchun 3 916 ta (platforma orqali 3692 ta, koll-markazi orqali 75 ta, sektorlar tomonidan 90 ta, telegram bot orqali 9 ta) onlayn murojaatlar kelib tushdi.Shundan 2 178 nafar yoshning (55,6%) arizasi daftarga kirish uchun tasdiqlangan,1 569 tasi (40,1%) rad etilgan, tasdiqlanishi kutilayotganlar 175 tani (4,3%) tashkil etmoqda. Yoshlarni muamolarni bartaraf etish moliyaviy ko‘mak berish maqsadida Yoshlar jamg‘armasi tashkil etilgan.4. Bugungi kunga qadar viloyat jamg‘armalarida 38,1 mlrd. so‘m miqdorda mablag‘lar shakllantirildi.Ushbu mablag‘lar hisobidan “Yoshlar daftari”dagi 3 800 nafar yoshlarga 13,5 mlrd. so‘m miqdorda ko‘mak ko‘rsatildi. Jumladan, 153 nafar yoshlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi, 671 nafar yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarlarga o‘qitish harajatlarini qoplandi, 11 nafar bandligini ta’minlash uchun ijara to‘lovi to‘lab berildi, 2 795 nafar yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollari olib berildi, 139 nafar yoshlarning to‘lov-kontraktlari to‘lab berildi, 7 nafar yoshlarning davolanish xarajatlarini qoplab berildi, 24 nafar iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va besh tashabbus doirasida tadbirlarni moliyalashtirishga amaliy yordam ko‘rsatildi.Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 5 ta tashabbus doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi:Xususan, 1-tashabbus – madaniyat va san’at yo‘nalishida 5 066 ta to‘garak tashkil etilib, ularga 75 527 nafar yoshlar qamrab olindi. 2 779 dona musiqa asboblari olib berildi. 2-tashabbus – Sport yo‘nalishida 5 871 ta to‘ragak tashkil etilib, 112 950 nafar yoshlar qamrab olindi. 17 642 dona sport inventar va jihozlari olib berildi. 3-tashabbus – IT yo‘nalishida 2 512 ta to‘ragak tashkil etilib, 40 539 nafar yoshlar qamrab olindi. 824 dona kompyuter jamlanmasi olib berildi. 4-tashabbus – Kitobxonlik yo‘nalishida 2 861 ta to‘ragak tashkil etilib, 39 839 nafar yoshlar qamrab olindi. 152 217 dona badiiy va ilmiy kitoblar olib berildi. Shuningdek, mahallalarda 270 ta “Streyetworkout”, 41 ta “Streyetball”, 2 ta raqamli texnologiyalar markazi, 5 ta kutubxona va bukkafe hamda 19 ta boshqa turdagi ob’ektlar barpo etildi. Bu bilan birga yoshlar markazi binosida yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan bir qancha to’garaklar faoliyat olib bormoqda.rassmochilik, tikavchilik, ayollar sartaroshi, rus tili, ingliz tili, matematika, shaxmat, zamonaviy raqs to‘garaklari faoliyat yurutib kelmoqda. “Yoshlar” “ayollar”, “Temir” daftarlar”ga kiritilgan oillar farzandlari uchun, nogironligi bo’lgan, chin yetib bolalar uchun to’garaklar bemul amalga oshiriladi. Joriy yilning 23 sentabr kuni zamonaviy ko‘rinish va texnikaga ega Yoshlar media markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Yil yakuniga qadar Yoshlar markazi binosida psixologik, inklyuziv ta’lim, IT va robototexnika markazlari, streyet workout kutubxona, yoshlar murojaatlari bilan ishlaydigan yuridik klinika faoliyatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.Bundan tashqari boshqarma boshlig‘i hamda mutaxassislari ishtirokida bir qancha “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan:“Ibrat tillar oromgohi” ishtirokchilari;“Jurnalistlar maktabi” tinglovchilari;“Prezident maktabi” o‘quvchilari; “Volontyorlar maktabi” volontyorlari hamda IELTS dan yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan yoshlar bilan uchrashib ularning fikr va soha rivoji uchun takliflarini tinglab ularga amaliy yordam berish choralarini ko‘rib kelmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 13 apreldagi “Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 209-sonli qaroriga asosan xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan 107 nafar yoshlarning imtihon topshirish xarajatlari uchun 202,3 mln. so‘m to‘lab berildi. Jumladan, Buxoro shaharda 75 nafar, Kogon shaharda 7 nafar, Vobkent tumanida 7 nafar, Shofirkon tumanida 3 nafar, Olot tumanda 3 nafar, Peshku tumanida 3 nafar G‘ijduvon tumanida 2 nafar, Jondor tumanida 3 nafar, Qorako‘l tumanida 2 nafar, Romitan tumanida 2 nafar yoshlarga xarajatlar qoplab berildi.Hammamizga ma’lumki muhim siyosiy jarayon “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov” arafasida turibmiz. Bu yilgi saylov jarayonlarida yoshlarimizning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida “Yosh saylovchi” targ‘ibot loyihasi amalga oshirildi.Bu yilgi saylovda Buxoro viloyatida jami 1 mln. 190 ming saylovchi ishtirok etishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan, 335 291 nafarini (28 foiz) yoshlar tashkil etmoqda.Shuningdek, 36 529 nafar yoshlar bu yilgi saylovda birinchi marta ishtirok etadi.Birinchi bosqichda, 15 sentabr kuni “Yoshlarning siyosiy bilimlari va huquqiy madaniyatini yuksaltirish” shiori ostida aksiya Buxoro shahridagi Favvoralar maydonida o‘tkazilib, 5 000 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi.Shakllantirilgan targ‘ibotchilar tomonidan 28 sentyabrdan 20 oktyabrga qadar barcha tuman (shahar)larda 1460 nafar targ‘ibotchilar tomonidan 2652 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib 180 000 nafarga yaqin yoshlar qamrab olindi. Targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.