Bo'limsiz

Buxorda noqonuniy ov quroli saqlab kelayotgan shaxs fosh etildi.

“Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Jondor tumani Alile mahallasida yashovchi, 1979-yilda tugʻilgan S.S. oʻzi istiqomat qilib kelayotgan xonadoni yaqinidagi dala maydonida 1950-yilda “Zlatoust” shahri “MOLOTOV” qurol zavodida ishlab chiqarilgan, 16 kalibrli, 6950-J-raqamli, “ZK” modelli ov qurolini tegishli ruxsatnomalarsiz, qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan S.S. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JK. ning 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizn

Mavzuga oid

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button