Jinoyat

Buxoro tumanida sodir bo‘lgan tilla taqinchoqlar o‘g‘irligi fosh etildi.

Tuman Ichki ishlar bo‘limining maʼlumotiga ko‘ra, joriy yilning 12 oktyabr kunidan 25 oktyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs, Buxoro tumani Mustaqillik mahallasida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan Sh.Z. ning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonasidan bahosi 7.000.000 so‘mlik brilliant ko‘zli uzuk va bahosi 7.500.000 so‘mlik ikki dona tilla sirg‘alarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, unga jami 14.500.000 so‘mlik moddiy zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi “G” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni, tumanning Gala Osiyo mahallasida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan Sh.R. ismli qiz sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mavzuga oid

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button