Bo'limsiz

“Odil sudlov – 2030”: xalqchil sud tizimi, hududlararo sudlar va raqamli adolat davri

Sudga murojaat qilayotgan inson uchun sudtizimining ichki tuzilishi yoki undagi islohotlarningsoni emas, eng avvalo, o‘z huquqi qanchalik tez, xolisva tushunarli himoya qilinishi muhim. O‘zbekistonda“Odil sudlov – 2030” strategiyasining mazmunini ham aynan shu bo‘lib, sudni fuqaroga yanada yaqinlashtirish, sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqish mexanizmlarini takomillashtirish va zamonaviy raqamli texnologiyalar orqali odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

“Odil sudlov – 2030” strategiyasida “Xalqchil sud” tushunchasi sud tizimining jamiyatga yanada ochiq bo‘lishi, fuqarolar bilan muloqotning kuchayishi va ortiqcha byurokratik to‘siqlarning kamayishi bilan bog‘lanadi. Bunda sud islohotining natijasi faqat yangiinstitutlar yoki protsessual mexanizmlar bilan emas, balki jamiyatning sudga bo‘lgan ishonchi bilan ham o‘lchanadi. 

Shu ma’noda strategiyada 2030-yilgacha sudtizimiga ishonch bildiradigan aholi ulushini 80 foizgayetkazish maqsadining belgilanishi alohida ahamiyatgaega. Bu raqam oddiy statistik ko‘rsatkich emas. U sudtizimining samaradorligi, ochiqligi va fuqarolarningo‘z huquqlarini sud orqali himoya qilish imkoniyatigabo‘lgan ishonchini islohotlarning muhim mezonlaridanbiri sifatida ko‘rsatadi.

Xalqchil sudning amaliy mazmuni esa fuqaroningsud bilan munosabatida namoyon bo‘ladi. Shu sabablistrategiyada sud binolarida fuqarolar va yuridikshaxslar vakillariga xizmat ko‘rsatishni “Yagonadarcha” tamoyili asosida tashkil etish va bu tizimni2030-yilgacha 100 foizga yetkazish vazifasi ham belgilangan. Bunday yondashuv sudga murojaatqilayotgan shaxs uchun kerakli axborotni olish, protsessual murojaatlarni topshirish va raqamlixizmatlardan foydalanishda ortiqchaovoragarchiliklarni kamaytirishga qaratilgan.

Demak, “Xalqchil sud” tushunchasi faqat sudningxalqqa ochiqligini anglatmaydi. U sud xizmatlariningfuqaroga tushunarli, qulay va amaliy jihatdan yaqinbo‘lishini ham nazarda tutadi.

Sudga murojaat qilgan fuqaro uchun adolat faqatbirinchi instansiyada qaror chiqarilishi bilantugamaydi. Agar tomonlardan biri sud qaroridan norozibo‘lsa, uni qayta ko‘rib chiqish mexanizmi ham xolis, samarali va tushunarli bo‘lishi kerak. “Odil sudlov –2030” strategiyasida hududlararo sudlarni tashkil etishtashabbusi aynan shu ehtiyoj bilan bog‘liq.

2027-yil 1-iyuldan umumiy yurisdiksiya vama’muriy sud yo‘nalishlarida ishlarni qayta ko‘ribchiqish vakolatiga ega bo‘lgan, yurisdiksiyasi birnechta ma’muriy-hududiy birliklarni qamrab oladigan5 ta hududlararo sud faoliyat boshlashi belgilangan. Ularning faoliyatini ta’minlash uchun jami 319 ta boshqaruv xodimi shtat birligi nazarda tutilgan.

Biroq bu o‘zgarishning ahamiyati sudlar soni yokiyangi shtat birliklarining o‘zida emas. Muhimi, sudqarorlarini qayta ko‘rib chiqish tizimining xolisligi vasamaradorligini oshirishga qaratilgan yangiinstitutsional model shakllanmoqda. Bir nechtahududni qamrab oladigan sudlarning tashkil etilishi sudishlarini qayta ko‘rib chiqish jarayonini yanada izchiltashkil etish va sud amaliyotida yagona yondashuvlarnikuchaytirish imkonini beradi.

Shu bilan birga, sud tizimini hududiy jihatdantakomillashtirish faqat hududlararo sudlarni tashkiletish bilangina cheklanmaydi. 2027-2030-yillarda fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman va shahar sudlarinibosqichma-bosqich tashkil etish ham ko‘zda tutilgan. Bunda aholining soni, ishlar hajmi, sudyalarning ishyuklamasi va, eng muhimi, aholining odil sudlovdanfoydalanish imkoniyati hisobga olinadi.

Shunday qilib, sud tizimidagi hududiyo‘zgarishlarning ikki yo‘nalishi
bir-birini to‘ldiradi. Hududlararo sudlar sud qarorlariniqayta ko‘rib chiqishning xolisligi va samaradorliginikuchaytirishga xizmat qilsa, tuman va shaharsudlarining rivojlantirilishi sud himoyasini aholigayanada yaqinlashtiradi. Bu esa “Xalqchil sud” g‘oyasining faqat ochiqlik emas, balki adolatga amaliyva hududiy jihatdan qulay kirish imkoniyatini ham anglatishini ko‘rsatadi.

Bugungi kunda sud tizimining zamonaviyligi faqatsud binolari yoki texnik jihozlar bilan emas, fuqaroning sud xizmatlaridan qanchalik osonfoydalana olishi bilan ham belgilanadi. “Odil sudlov –2030” strategiyasida “Raqamli odil sudlov”ningalohida ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanishi ham aynan shu ehtiyojdan kelib chiqadi. Uning asosiymaqsadi – sud ish yurituvini raqamlashtirish orqalifuqarolar va tadbirkorlar uchun ortiqchaovoragarchiliklarsiz, qulay va tezkor sud muhokamasiimkoniyatini yaratishdir.

Bu boradagi o‘zgarishlar fuqaroning sud bilanmunosabatini sezilarli darajada soddalashtirishikutilmoqda. Xususan, 2027-yil yakuniga qadarmy.sud.uz portali takomillashtirilib, uning yangi mobililovasi ishga tushirilishi, sudga murojaat qilish uchunzarur hujjatlarni tayyorlashni yengillashtiruvchiinteraktiv xizmatlar va sud hujjatlarini izlashimkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutilgan.

Buning mohiyatini oddiy bir holat orqali tasavvurqilish mumkin: fuqaro sudga murojaat qilish uchunavvalgidek turli ma’lumotlarni izlash, hujjatlarnitayyorlash yoki sud binosiga borish bilan bog‘liqortiqcha vaqt sarflashi o‘rniga, zarur xizmatlarningkatta qismidan elektron shaklda foydalanishi mumkinbo‘ladi. Demak, raqamlashtirishning asl qiymatitexnologiyaning o‘zida emas, fuqaroning vaqtini, mablag‘ini va kuchini tejashida namoyon bo‘ladi.

Raqamli transformatsiya faqat murojaatlarnielektron shaklga o‘tkazish bilangina cheklanmaydi. Strategiyada sud ishlarini yuritish va hujjat aylanishinito‘liq elektron shaklga o‘tkazish, elektron yuritiladiganishlarning qog‘oz shaklini bosqichma-bosqich bekorqilish ham belgilangan. Shu bilan birga, sudmajlislarini to‘liq audioyozuv orqali qayd etish, sudxabarnomalarini elektron shaklda yuborish kabimexanizmlar ham joriy etiladi.

Bu o‘zgarishlarning barchasi bitta umumiymaqsadga xizmat qiladi: sud jarayonini fuqaro uchuntezroq, tushunarliroq va shaffofroq qilish. Chunkiraqamli sud – bu shunchaki elektron hujjatlar yig‘indisiemas. U sudga murojaat qilishdan tortib, ishning ko‘ribchiqilishi va tegishli axborotni olishgacha bo‘lganjarayonni zamonaviy, qulay va izchil tizimgaaylantirishni anglatadi.

Strategiyada raqamli adolatning natijasi aniqko‘rsatkichlar orqali ham belgilangan. 2030-yilgacha sudlarga murojaatlarning kamida 50 foizi elektronshaklda berilishiga erishish, Oliy sudning axborottizimlaridan foydalanuvchilar sonini esa kamida 5 baravarga oshirish maqsad qilingan.

Bu raqamlar bir qarashda texnik ko‘rsatkichdektuyulishi mumkin. Aslida esa ularning ortida sudxizmatlaridan foydalanish madaniyatining o‘zgarishituribdi. Agar fuqaro sudga murojaat qilish, zarurhujjatlarni tayyorlash, xabarnomalarni olish va ishgaoid ma’lumotlarni izlash kabi jarayonlarning toborakatta qismini elektron shaklda amalga oshira olsa, sudtizimi ham fuqaroga yaqinlashadi.

Shu jihatdan “Xalqchil sud” va “Raqamli odilsudlov” bir-biridan ajralgan ikki yo‘nalish emas. Birinchisi sudni fuqaro uchun ochiq va qulay qilishnimaqsad qilsa, ikkinchisi bu qulaylikni zamonaviytexnologiyalar orqali amalda ta’minlashga xizmatqiladi.

“Odil sudlov – 2030” strategiyasining asosiyahamiyati sud tizimiga alohida-alohida yangiliklarnijoriy etish bilangina belgilanmaydi. Uning aslmazmuni – fuqaroning adolat izlab sudga murojaatqilgan paytidan boshlab, o‘z huquqi himoyaqilinguniga qadar bo‘lgan jarayonni yanada ochiq, xolis, qulay va samarali qilishdir. Xalqchil sud orqaliishonch va ochiqlikni kuchaytirish, hududlararo sudlarorqali sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqishmexanizmlarini takomillashtirish, raqamlitexnologiyalar orqali esa sud xizmatlaridanfoydalanishni soddalashtirish ayni maqsadga xizmatqiladi. 

Shu nuqtai nazardan, “Odil sudlov – 2030”strategiyasini O‘zbekiston sud tizimining navbatdagibosqichi, ya’ni inson manfaatini markazga qo‘ygan, hududiy jihatdan qulay, texnologik jihatdan zamonaviyva sud qarorlarining xolisligini ta’minlashgaintiladigan yangi model sifatida baholash mumkin. Islohotlarning yakuniy mezoni esa yangi sudlar yokiyangi texnologiyalar soni emas, balki fuqaroningadolatga erishish yo‘li qanchalik qisqargani va uningsudga bo‘lgan ishonchi qanchalik mustahkamlanganidanamoyon bo‘ladi.

U.Ro‘ziyev

Buxoro viloyat sudi raisi

Mavzuga oid

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button